30 dek 00:20
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohasan Mirzamatovdan dahshatli qaytish! U raqibi bir daqiqaga ham olib bormadi
Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik taniqli va tajribali MMA jangchisi SHohasan Mirzamatov o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
U Toshkentda o'tkazilayotgan Octagon 68 kechasi doirasida so'nggi raqibi, braziliyalik Pedro Fariasga qarshi oktagonga chiqdi.
3 raundlik jang birinchi raundning birinchi daqiqasida yakunlandi. Unda nokautchi SHohasan Mirzamatov raqibini ketma-ket zarbalari bilan muddatidan oldin taslim qildi.
Bu 34 yoshli SHohasan uchun revansh jangi edi, sababi u oktyabr oyida o'tkazgan so'nggi jangida aynan Pedro Fariasga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Endi uning hisobida 14 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud.
27 yoshli Pedro Farias esa bugun 19-jangidagi 9-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 10 ta g'alaba ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar