29 apr 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohasan Mirzamatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi. Raqib - eski tanish
11 may kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 72 turniri tashkil etiladi.
Tashkilotchilarning malum qilishicha, ushbu musobaqada yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi SHohasan Mirzamatov ham ishtirok etadi.
Mirzamatov turnir doirasida eronlik Farzad Gaderi bilan bahs olib boradi.
Bu ikki sportchining o'zaro ikkinchi bellashuvi bo'ladi. 2024 yilning aprel oyida bo'lib o'tgan ilk jangda Mirzamatov muddatidan oldin g'alaba qozonganiga qaramay, jang davomida qiyinchilikka uchragan edi.
Malumot uchun, 34 yoshli SHohasan faoliyati davomida hozirga qadar 18 ta jang o'tkazib, ularning 14 tasida g'alaba qozongan, 4 ta jangda imkoniyatni boy bergan. 39 yashar Farzad Gaderi hisobida esa 18 ta g'alaba va 15 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar