18 sen 16:16
Yangiliklar
Sport kurashlari

SHohida Ahmedova Jahon chempionatida bronza medali uchun jang qiladigan bo'ldi
Zagreb shahrida (Xorvatiya) sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Etiborlisi, musobaqada terma jamoamiz azosi SHohida Ahmedova navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
53 kg vaznli kurashchimiz o'tish bosqichi doirasida turkiyalik Zeynep Etgil bilan bahs olib bordi va 8:1 hisobida ustun keldi.
Endi SHohida bugun kechgi dastur davomida musobaqa bronza medali uchun gilamga chiqadi.
Malumot o'rnida, hozirda O'zbekiston hisobida 2 ta bronza medali bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar