29 apr 05:57
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev 13-jangini o'tkazdi
Engilmas charm qo'lqop ustamiz AQSHning Bruklin shaharchasida shu kungacha vakant bo'lib turgan WBA International chempionlik kamari uchun ringga ko'tarildi. Bugungi jangda Ergashevga xitoylik Vang Jimin raqiblik qildi.
O'n raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Barcha raundlarni yaqqol ustunlik bilan o'tkazgan hamyurtimiz raqibini taslim etdi. Hakamlar 100:90, 99:91, 100:90 hisobidagi g'alabani SHohjahonga taqdim etishdi. Bokschimiz WBA International chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Malumot uchun, xitoylik bokschi professional faoliyati davomida bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 13ta jang o'tkazib, ularning 10tasida g'alaba qozongan. Bugun u uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Ergashev esa 13ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Hisobida 12ta nokaut. Hamyurtimiz ilk bor jangini to'liq o'tkazdi.
Fikrlar
Shoxjaxon 65.5 kg