18 jan 09:00
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev ishtirokidagi jang birinchi raunddayoq yakunlandi
Hozirgina mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz SHohjahon Ergashev ringga ko'tarildi. CHarm qo'lqop ustamiz faoliyatidagi 18-jangini meksikalik Adrian Estrellaga qarshi o'tkazdi. O'n raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Hamyurtimiz birinchi raundda raqibiga chap qo'li bilan bergan aniq va kuchli zarbasi bilan raqibini yiqitdi. SHundan so'ng Estrella o'rnidan tura olmadi.
SHu tariqa, SHohjahon faoliyatidagi 18-jangini nokaut bilan yakunladi. Malumot uchun, u prof ringda 18 marotaba jang o'tkazgan va ularning 16 tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Qayd etish lozimki, SHohjahon ushbu janggacha ham birinchi yarim o'rta vazn toifasi reytingida raqibidan yuqorida turgandi.
Fikrlar