12 may 14:58
Yangiliklar
![](/upload/storage/38565_220.jpg)
SHohjahon Ergashev MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi + FOTO
Sportchini Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qildi. Uchrashuvda MOQ rahbari bokschi uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga, lozim bo'lsa chiptadan tortib mehmonxona harajatlari masalalarida ham yordam berishga tayyor ekanligini, SHohjahondan esa faqat va faqat yurtimiz bayrog'ini yuqorilarga ko'tarib yurishini kutayotganligini malum qildi.
SHuningdek, bokschiga Osiyo va Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish taklif qilindi. O'z navbatida, SHohjahon ushbu taklifga jon-jon deb rozi bo'lishini aytdi.
«SHoxjahon Ergashevdek yigitlarimiz kam. Uning qayd etayotgan natijalarini amalga oshirish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. SHohjahon shu yil Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga ham borishi kerak. Kerak bo'lsa, u musobaqaning ochilish marosimida delegaciyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi. Kelajakda undan yanada yuksak natijalarni kutib qolamiz», – dedi Umid Ahmadjonov MOQ matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
O'z navbatida SHohjahon Ergashev o'ziga bildirilayotgan ishonchni oqlashga, kelajakda bundan ham nufuzliroq kamarlarni qo'lga kiritishga vada berdi.
«Ko'rsatilayotgan etibordan juda xursandman. Ochig'i, bu men uchun kutilmagan hol bo'ldi. Nasib qilsa, o'z vazn toifamdagi eng kuchli bokschini ham mag'lubiyatga uchrataman va chempionlik kamarini qo'lga kiritaman. Bunga oz qoldi, uzoq kuttirmayman. Ushbu kamarni qo'lga kiritib, yurtdoshlarimni xursand qilmoqchiman», – dedi SHohjahon Ergashev.
Fikrlar
3 та олимпиада чемпионлари (Хасанбой, Шахобиддин ва Руслан) иштирок этаётган Осиё ўйинларида Шохжахон Эргашевнинг байроқдор бўлиши қанчалар тўғри?