17 jan 18:58
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev necha kilogramm tosh bosdi, uning raqibichi?
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tongda professional bokschimiz SHohjahon Ergashev faoliyatidagi 18-jangini o'tkazadi.
CHarm qo'lqop ustamiz AQSHning Ayova shtati Sloan shahrida Adrian Jeym Estrellaga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
SHohjaxon Ergashev 140 funt (63,5 kg), uning raqibi meksikalik Adrian Estrella esa 141 funt (64 kg) tosh bosdi. Yani, bokschimiz Adriandan yarim kilogrammga engiroq chiqdi. Ergashev - Estrella to'qnashuvi 10 raunddan iborat bo'ladi. "Sport" telekanali ushbu jangni to'g'ridan-to'g'ri namoyish qiladi. SHohjahonning jangi bizning vaqt bilan taxminan soat 08:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar