10 may 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev ringga qaytayotganiga munosabat bildirdi
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashev ringga qaytayotganiga munosabat bildirdi.
Avvalroq SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgargani haqida xabar bergan edik. Bokschi tanaffusdan so'ng ringga qaytayotgani haqida gapirdi.
"Ringga va o'z ishimga qaytayotganimdan xursandman. Bu imkoniyat menga reytingda yuqoriroq ko'tarilishga va ikkinchi uyim hisoblangan Detroyt sharafini himoya qilishga yordam beradi. Men O'zbekistonning Farg'ona viloyatida ulg'ayganman, lekin faoliyatimni shu erda boshlaganman. Detroytni yaxshi ko'raman.
Nafaqat janglar, balki mashg'ulotlardagi muhit ham meni ilhomlantiradi. Men o'zimni baxtli his qilyapman va muxlislar uchun qiziqarli shou ko'rsatishni rejalashtiryapman", - dedi Ergashev xorij nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : BOXINGSCENE
Fikrlar