26 noy 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev ringga qaytyapti. Uning keyingi raqibi va jang sanasi malum (POSTER)
Professional boksning super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
U 20 dekabr kuni Samarqand shahridagi Family Park majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomining markaziy jangida ringga ko'tariladi.
Ergashevga o'sha kuni kongolik 32 yoshli Mardochee Kuvesa Katombe raqiblik qiladi.
Malumot uchun, 33 yashar SHohjahon Ergashev hozirgacha 27 ta jang o'tkazib, 25 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Mardochee hisobida esa 17 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar