20 okt 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev "Sport" telekanali bilan shartnoma imzoladi
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashev hamda "Sport TV" telekanali o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
SHohjahon Ergashev tomonidan tashkil etilgan «Shohjahon Promotions» kompaniyasi hamda "Sport" telekanali o'rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqida sportchi Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda. SHartnomaga ko'ra, promouterlik kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan barcha jang oqshomlari ushbu telekanal orqali translyaciya qilinadi. SHuningdek, hamkorlik shartlariga ko'ra, Ergashev ishtirokidagi janglar ham "Sport TV" tomonidan efirga uzatiladi.
Malumot uchun, «Shohjahon Promotions» shu kunga qadar ikki bor boks kechasi tashkil etishga ulgurdi. Ularning birinchisi Toshkent, ikkinchisi Qo'qon shahrida bo'lib o'tdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar