18 jan 13:43
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev: Teylor, sen keyingisisan!
Meksikalik Adrian Estrellaga qarshi ringga ko'tarilgan charm qo'lqop ustamiz raqibini birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratdi. Ushbu jangdan so'ng SHohjahon Ergashev www.olamsport.com saytiga intervyu berib, rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Reja bo'yicha ertaga Moskvaga qaytaman. U erda nomimga ochilgan boks zalida shug'ullanuvchilar va muxlislar bilan uchrashaman. Keyin esa O'zbekistonga qaytaman. Endigi maqsadim - chempionlik jangi! Josh Teylor keyingi raqibim bo'lishi kerak. Menga chempionlik jangi kerak", - dedi Ergashev.
Avvalroq, SHohjahon Ergashevning promouter va menejerlari WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Josh Teylor bilan muzokaralarni boshlash arafasida ekanliklarini malum qilishgan edi.
Fikrlar