So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

03 may 19:30
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohjahon Ergashev Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi + FOTO

Teglar :  SHohjahonBoks
Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin bokschimiz SHohjahon Ergashev xitoylik raqibi Jimin Vangni mag'lubiyatga uchratib, WBA International kamarini qo'lga kiritgandi.

Bugun hamyurtimiz Amerika Qo'shma SHtatlaridan Moskva orqali yurtimizga qaytib keldi. SHohjahon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Ushbu tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakat professional boks federaciyasi mutasaddilari, sportchining yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

“Vatanimga yorug' yuz va faoliyatimdagi ilk kamar bilan qaytib kelganimdan benihoya mamnunman. Ushbu g'alaba barchamiz, men uchun duoda bo'lgan butun o'zbek xalqining g'alabasi deb bilaman. «WBA International» kamarini esa biz yoshlar uchun beqiyos sharoitlar yaratib berayotgan yurt otasi – muhtaram Prezidentimizga bag'ishlayman. Nasib qilsa bundan keyingi janglarimda navbatdagi g'alabalarim bilan O'zbekistonimiz dovrug'uni dunyoga tanitishda o'z hissamni qo'shaman”, – dedi SHohjaxon Ergashev.

Malumot uchun, SHohjahon professional ringdagi faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. 11 ta jangda u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bokschimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va endi jahon chempioniga atalgan kamarni qo'lga kiritishini tilab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing