17 jan 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev va uning raqibi taroziga chiqdi + FOTO
Bizning vaqt bilan ertaga tongda professional bokschimiz SHohjahon Ergashev faoliyatidagi 18-jangini o'tkazadi.
CHarm qo'lqop ustamiz AQSHning Ayova shtati Sloan shahrida Adrian Jeym Estrellaga qarshi ringga ko'tariladi. Bundan bir necha daqiqa avval bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Ergashev - Estrella to'qnashuvi 10 raunddan iborat bo'ladi. "Sport" telekanali ushbu jangni to'g'ridan-to'g'ri namoyish qiladi. SHohjahonning jangi bizning vaqt bilan taxminan soat 08:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar