28 apr 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev vazndan xalos bo'lish uchun nimalar qildi+FOTO
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda professional bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosida ishtirok etishdi va ularning har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Belgilangan vazn 63,5 kilogrammdan oshmasligi kerak edi.
Lekin vazn o'lchash marosimi boshlanishi bir necha soat qolgan bir paytda ham SHohjahonning vazni meyoridan bir necha kilogrammga ko'proq edi. Hamyutimiz selafan kiyib olgan holda mashg'ulotlarda yaxshigina ter to'kdi va ortiqcha vazndan xalos bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, engilmas charm qo'lqop ustamiz AQSHning Bruklin shaharchasida ayni paytda vakant bo'lib turgan WBA International chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Ertangi jangda SHohjahon Ergashevga xitoylik Vang Jimin raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar