28 apr 18:08
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev xitoylik raqibga qarshi jangda yaqqol favorit hisoblanmoqda
Xabaringiz bor, ertaga tongda engilmas bokschimiz SHohjahon Ergashev WBA International chempionlik kamari uchun xitoylik Vang Jiminga qarshi ringga ko'tariladi.
Mazkur jangda hamyurtimizning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Mutaxassis va muxlislar, shuningdek, bukmekerlik kompaniyalari SHohjahonni favorit sifatida etirof etganlar. Bukmekerlik kompaniyalari Ergashevning g'alabasi uchun 1.03 nisbat berishgan. Xitoylik bokschining g'alabasi uchun esa 14,5 nisbat berilgan.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev ishtirokidagi jang ertaga soat 05:00dan so'ng boshlanishi kutilmoqda. Boshqa janglar natijasiga qarab, to'qnashuv boshlanish vaqti biroz o'zgarishi mumkin. Bahs "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Biz ushbu jang oldidan hamyurtimizga omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Bu degani Ergashevga pul tiksangiz pulingizni 1.03 baravar qilib olasiz agar xitoylikka tiksangiz pulingizni 14.5 baravar qilib olasiz degani yani ular ham ishonishyapti Ergashevning g'alabasiga