11 jan 15:25
Yangiliklar
SHohjahon Ergashevni mag'lub etgan Matias nokaut bilan yutqazdi va kamarini boy berdi
Oqshom doirasida britaniyalik 28 yoshli Dalton Smit birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni puerto-rikolik 33 yoshli Sabriel Matiasga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning beshinchi raundida Smit nomdor raqibini texnik nokautga uchratib, WBC chempioniga aylandi.
Dalton raqibini ketma-ket o'ng tomondan yo'llanmagan uchta zarba evaziga nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Matias arang o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi, lekin hisobni ochgan referi jangni to'xtatishga qaror qildi. Matias ikkinchi bor chempionlik unvonidan mahrum bo'ldi. U 2024 yilning dekabr oyida IBF chempionlik kamarini Liam Paroga boy bergandi.
Malumot uchun, Sabriel Matias o'z vaqtida IBF chempionlik kamarini SHohjahon Ergashevdan muvaffaqiyali himoya qilgandi. O'shanda Puerto-Riko bokschisi charm qo'lqop ustamizni texnik nokautga uchratgan edi. Vaznning yangi WBC chempioni Dalton Smit esa professional ringdagi mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. Endi u navbatdagi jangini sobiq WBC chempioni Alberto Puelloga qarshi o'tkazishi kerak.

Fikrlar