11 dek 07:32
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashevning 9 kundan keyin o'tkaziladigan jangi tasdiqlandi + POSTER
Professional boksning super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Xabar berganimizdek, charm qo'lqop ustamiz 20 dekabr kuni Samarqand shahridagi Family Park majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomining asosiy jangida ringga ko'tariladi. Ergashevga o'sha kuni kongolik 32 yoshli Mardochee Kuvesa Katombe raqiblik qiladi.
Malumot uchun, 33 yoshli SHohjahon Ergashev hozirgacha 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Mardochee hisobida esa 17 g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor. Hamyurtimiz so'nggi jangini fevral oyida Farg'onada tashkil etilgan boks oqshomi doirasida ugandalik Junju Pauerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar