24 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashevning keyingi raqibi sobiq jahon chempioni bo'lishi mumkin
O'zbekistonlik professional bokschi SHohjahon Ergashev tez orada navbatdagi jangini o'tkazadi.
Xorijiy manbalarda berilgan xabarlarga ko'ra, hamyurtimizning raqibi amerikalik tajribali bokschi, sobiq IBF jahon chempioni Tevin Farmer bo'ladi.
SHohjahon Ergashev professional faoliyati davomida 28 ta jang o'tkazib, 26 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Farmer esa 2018–2020 yillarda IBF kamariga egalik qilgan. Uning hisobida 34 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat bor.
Jang sanasi va o'tkazilish joyi bo'yicha qo'shimcha malumotlar keyinroq elon qilinishi kutilmoqda.

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar