10 may 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashev (21-0-0, 19 KO) 26 may kuni ringga ko'tarilishi haqida xabar qilgandik.
Avvalroq o'sha kuni Ergashevga Burkina-Faso vakili Issuf Kindaga qarshi jang qilishi aytilgandi. Biroq, ushbu jang uchun bokschimizning raqibi o'zgardi.
"Salita Promotions" kompaniyasining malum qilishicha, bokschimiz o'sha kuni argentinalik Luis Alberto Veronga (19-3-2, 9KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Jang AQSHning Michigan shtatidagi Dirborn shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Salita Promotions
Fikrlar