So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

23 dek 07:50
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi, u hind bokschisiga qarshi ringga chiqadi + POSTER

Teglar :  SHohjahon Ergashev
Professional boksning super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev 20 dekabr kuni navbatdagi jangini o'tkazishi kerak edi.

Xabar berganimizdek, charm qo'lqop ustamiz Samarqand shahridagi Family Park majmuasida tashkil etilishi kerak bo'lgan prof boks oqshomining asosiy jangida kongolik 32 yoshli Mardochee Kuvesa Katombega qarshi ringga chiqishi lozim edi. 

Ammo bu turnir belgilangan muddatda o'tkazilmadi va yangi sanaga ko'chirildi. 4 yanvar kuni Samarqandda tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy jangida Ergashevning o'zi ringga chiqadi, faqat boshqa raqibga qarshi. U o'sha kuni hindistonlik Gurprit Singhga qarshi jang o'tkazadi. Bu boks turnirini SHohjahon Ergashevga tegishli Top Seven Fighters kompaniyasi tashkil qilmoqda.  

Malumot uchun, 33 yoshli SHohjahon Ergashev hozirgacha 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Gurprit Singh esa 11 g'alaba (3 nokaut), 3 mag'lubiyat va 1 durangga ega. Singh oxirgi jangini 2024 yilning 30 noyabr kuni o'z vatanida hamyurti Digari Maneshga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga zafar quchgan. Ergashev esa so'nggi jangini fevral oyida Farg'onada ugandalik Junju Pauerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing