16 noy 16:36
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashevning Salita promouterlik kompaniyasi bilan hamkorligi yakunlandi (FOTO)
Professional boksning super engil vazn toifasida IBF kamari uchun o'zbekistonlik sobiq davogar SHohjahon Ergashev endi erkin agent maqomida.
Bu haqda Ergashevning o'zi Instagram sahifasi orqali xabar berdi.
"Salita Promotions'ga rahmat aytaman. Bizning shartnomamiz tugadi. Men endi erkin agentman. Endi boshqa promouter bilan ishlasam ham bo'ladi", deb yozgan SHohjahon Ergashev.
Malumot uchun, 33 yoshli farg'onalik charm qo'lqop ustamiz faoliyati davomida hozirgacha 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Fikrlar