19 fev 08:27
Yangiliklar

SHohjahon menejerlik qilayotgan prof bokschimizning debyut jangidagi raqibi malum
SHohjahon Ergashevning bizga xabar berishicha, Yo'ldoshev ugandalik Joy Vegasga qarshi ringga ko'tariladi. SHohjahon bo'lajak jangda Boburbekka sekundantlik qiladi. Vegas prof ringda 42 ta jang o'tkazgan. Hisobida 21 g'alaba, 18 mag'lubiyat va 3 ta durang bor. O'n to'rtta jangda raqiblarini nokautga uchragan. O'n ikkita jangda esa o'zi shunday holatga tushgan.
Malumot uchun, 30 yanvar kuni 29 yoshni qarshilagan Boburbek Yo'ldoshev yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempioni hisoblanadi. U shuningdek, yurtimizda ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan Sidney Jakson, Zolataryov kabi xalqaro turnirlarda ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 2012 yilda Ozarbayjonning Boku shahrida o'tgan Prezidenti turnirda kumush medalga sazovor bo'lgan.
Fikrlar