22 fev 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohruh Askarov Open FC 27 doirasida rossiyalik jangchiga qarshi oktagonga ko'tariladi
Hamyurtimiz SHohruh Askarov Open FC 27 musobaqasida jang qiladi.
12 mart kuni Rossiyaning Samara shahrida Open FC ligasining navbatdagi musobaqasi o'tkaziladi.
Ushbu turnirda o'rta vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash vakili SHohruh Askarov (6-4-1) ham jang qiladi. Unga rossiyalik Roman Gotovcev (5-5) raqiblik qiladi. Qayd etish joiz, mazkur jang reyting ochkolari uchun o'tkaziladi.
SHohruh Askarov so'nggi bor 2022 yilning 1 oktyabr kuni Barnaul (Rossiya)da tashkil etilgan Open FC 24 musobaqasi doirasida mezbon yurt vakili Nikolay Nesterovga (2-1) qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar