07 iyu 18:42
Yangiliklar

SHon O’Melli gonoraridan noliyotgan MMA jangchilarni tanqid qildi
"Odamlar shunday deyishadi: "Menga bor-yo'g'i 20 ming dollar to'lashyapti ($10 ming uchun chiqish va $10 ming g'alaba uchun)". Lekin seni kim tomosha qiladi? Onang, otang, opang va ikki-uch do'sting – xolos. Hech kim sen uchun pul to'lab televidenie orqali jangingni ko'rishni xohlamaydi. Sen nom chiqarishing kerak, shundagina UFC yoki boshqa promoushenda foyda keltirasan.
Bu oson emas, albatta – bu xavfli ish. Agar $50 ming topsang, bu juda ko'p pul emas, lekin sen o'z sevgan ishingni qilyapsan. Agar sen har jang uchun $50 ming topishni istamasang, bor, Target’da ishla (AQSHdagi marketlardan biri).
Seni hech kim majburlamaydi. Sen jang qilmasang ham bo'ladi. Men omadliman – Snup Dogg men Xashakyanni nokaut qilganimda reakciyasi bilan meni mashhur qildi. Bu meni tezroq oldinga siljishimga yordam berdi. Lekin shunday vaqtlar ham bo'ldiki, men o'ylardim: "Men ko'proq ishlashim kerak, lekin norozilik bildirmayman, chunki bu foyda bermaydi", – dedi u MMA Junkie nashriga.
Fikrlar