So’nggi yangiliklar

17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0

24 sen 07:43
Yangiliklar

Boks/MMA

SHon O`Melli ham Oq uyda jang qilmoqchi

Teglar :  SHon O`MelliUFC
O'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon O`Melli ham kelasi yilning yozida Oq uyda bo'lib o'tadigan katta UFC turnirida jang o'tkazmoqchi.

Amerikalik 30 yoshli aralash yakkakurash ustasi dekabr oyida oktagonga qaytishi mumkin. SHon vatandoshi Kori Sendxagenga qarshi Oq uyda oktagonga chiqishga tayyor. Buning uchun Sendxagen 4 oktyabr kuni Merab Dvalishvilidan engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini tortib olishi lozim.

"Ha, bu jangni Oq uyda ko'rish qiziqarli bo'lardi. Agar Kori g'alaba qozonsa, men esa kimni raqib sifatida berishsa, o'shani yutsam, bu reallikka aylanishi mumkin. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham, men yaqin to'rt-besh oy ichida jang o'tkazmoqchiman. SHu bois, Oq uyda chiqish qilishga tayyor bo'laman", - dedi O`Melli o'z podkastida.  

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili SHon O`Melli Las-Vegasdagi yangi innovacion arena "Sfera"da jang o'tkazgandi. Aynan shu omil ham uning Oq uyda jang qilishni xohlashining yana bir sababidir.

"UFC rahbari Oq uydagi turnir iyun oyida o'tkazilishi mumkinligini aytdi. Agar men yil oxiri yoki kelasi yilning boshida jang o'tkaza olsam, demak Vashingtondagi karddan joy olish imkoniyatim oshadi. "Sfera" va Oq uyda jang o'tkazish - bu hayotda bir marta sodir bo'ladigan tarixiy lahzalardir", - dedi O`Melli.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing