10 dek 11:53
Yangiliklar
SHon O`Melli Kodi Garbrandtga "sakradi"
Ammo, matbuot anjumanida bir-birlarini kurakda turmaydigan so'zlar bilan rosa siylashdi. Kodi Garbrandt va SHon O'Melli tadbirni yondirib berishdi. Ular bir-birlarini shu kungacha ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilib kelishayotgandi. Nihoyat, yuzma-yuz ko'rishishdi.
"Anavi ahmoqning soch turmagi va kiyib olgan kiyimiga qaranglar. Ahmoq, ertaga sening mendan boshqa muammoing bor. Hozir mendan ko'ra Raulian Payva haqida o'yla, tentak", – deya so'z boshlagan Garbrandt.
O'Melli bu so'zlarga bitta gap bilan javob berdi: "U 2017 yildan beri faqat bitta jangda g'alaba qozondi".
"Jin ursin seni, kimlar bilan o'zi jang qilgansan? Men bu bolakayga asabimni buzib o'tirmayman. Ertaga yutqazsang, seni hamma tashlab ketadi", – deya Garbrandtning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Fikrlar