30 iyu 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA
SHon OʼMelli Sterlingni mag'lub etsa, keyin kim bilan jang qilishni aytdi
Amerikalik UFC jangchisi SHon OʼMelli Aljameyn Sterling ustidan g'alaba qozonib chempionlik kamarini qo'lga kiritsa, o'zining birinchi chempionlik himoyasida kim bilan jang qilishni istayotganini aytdi.
"Kori Sandxagen keyingi chempionlik unvonini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Katta ehtimol bilan bu Genri Sexudo va Marlon Vera o'rtasidagi jang g'olibi bo'ladi. Agar u g'alaba qozonsa, Marlonning chempionlik uchun kurash olib borish ehtimoli yuqori bo'ladi. Lekin, men Sterlingni mag'lub etganimdan so'ng raqibni o'zim tanlayman", - dedi OʼMelli.
SHon OʼMelli va Aljameyn Sterling o'rtasidagi chempionlik jangi 19 avgust kuni Bostonda UFC 292 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar