17 jan 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon O'Melli Yan - Sterling jangi o'sha kechaning asosiysi bo'lmasligiga munosabat bildirdi
Amerikalik taniqli jangchi UFC'ning qarori haqida gapirdi.
SHon O'Melli UFC 273 musobaqasining asosiy jangi etib Aleksandr Volkanovski va CHon CHxan Son (Koreyalik Zombi) to'qnashuvini belgilanganini hazm qila olmayati. Pyotr Yan va Aljameyn Sterling o'rtasidagi qarama-qarshilik kechaning ikkinchi raqamli jangi bo'ladi.
"CHempionlik uchun jang qilishi kerak bo'lgan jangchi (Maks Xollouey) o'zgardi. SHundan so'ng ham asosiy jang? Pyotr Yan va Aljameyn o'rtasidagi jang shundoq ham asosiy emasdi. Ular bu uchun etarlicha buyuk emaslar. Ammo, bu baribir juda g'alati. Axir bu divizion UFC`dagi eng kuchlisi-ku!", - deydi O'Melli.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar