07 sen 17:02
Yangiliklar

SHon O’Mellining navbatdagi jangi haqida malumot berildi
Xabarda aytilishicha, amerikalik aralash yakkakurash ustasi 6 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan raqamlagan UFC 323 turnirida oktagonga chiqadi. Katta ehtimol bilan uning raqibi xitoylik Song Yadong bo'ladi.
SHon O’Melli ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. U har ikkala jangida gruziyalik Merab Dvalishviliga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Merab dastlab ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, raqibining chempionlik kamarini tortib olgandi. Keyin esa revansh jangining uchinchi raundida SHonni bo'g'ib qo'ydi.
Song Yadong esa so'nggi jangida Genri Sexudodan ustun keldi. Jangning uchinchi raundida Song Genrining ko'ziga qo'lini suqib olgani uchun bahs to'xtatilgan va jabrdiydaga texnik mag'lubiyat yozilgan edi. CHin yurti vakili undan avvalgi jangida rossiyalik Petr Yanga yutqazib qo'ygandi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda SHon O’Melli UFC o'ta engil vazn divizioni reytingida birinchi, Song Yadong esa beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar