19 fev 13:55
Yangiliklar
Boks/MMA
SHon Striklend: "Xamzat Imavovni engib, yana 1,5 yil "uyqu"ga ketadi"
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik SHon Striklend mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amaldagi chempion Xamzat CHimaev faoliyatsizlik sabab butun divizionni tormozlayotganini aytmoqda.
"Hozir o'rta vaznda hammasi oson emas, og'ayni, chunki kamar CHimaevda. U Ramazon oyidan keyin Imavov bilan jang qilishini aytdi. Xamzat katta ehtimol bilan Nasurdinni engib, uni o'tkazib yuboradi va shunchaki uni 25 daqiqa parterda ushlab turadi. Keyin CHimaev yana bir yarim yil tatilga ketadi... Og'ayni, bu muzlatib qo'yadigan vazn. Hammasi shunday, men aytganimdek bo'ladi", - deya Striklendning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Full Send MMA akkaunti.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar