15 iyu 19:43
Yangiliklar
Dzyudo

SHukurjon Aminova jahon chempionatining bronza medali uchun tatamiga chiqadi + FOTOGALEREYA
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonligida davom etayotgan dzyudo bo'yicha jahon chempionatining uchinchi kungi bahslari nihoyat terma jamoamiz uchun omadli kelmoqda.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda -57 kg vazndagi dzyudochimiz SHukurjon Aminova bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida finlyandiyalik Pixa Salonenni qo'shimcha daqiqalardagi yuko bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Endi hamyurtimiz bizning vaqt bilan soat 21:00'da boshlanadigan final blokida jahon chempionatining bronza medali uchun franciyalik Sara Leoni Sizikka qarshi tatamiga chiqadi. Bugun kurashgan ikkinchi dzyudochimiz SHahram Ahadov esa 1/8 finalda serbiyalik raqibiga yutqazib qo'ydi.
Bu medal biz uchun juda ham muhim. G'alaba va omad yor bo'lsin, SHukurjon!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar