08 jan 22:49
Yangiliklar
Boks/MMA

SHukurjon Rahimov Sochidagi turnir finalida jang qildi
Rossiyaning Sochi shahrida boks bo'yicha "Liga Stavok" turniri nihoyasiga etib bormoqda.
Bugun musobaqada Murat Gassiev jamoasi tarkibida harakat qilayotgan -59 kg vaznli bokschimiz SHukurjon Rahimov rossiyalik Arshak Tovmasyanga qarshi ringga chiqdi.
To'rt raund yakuniga ko'ra hakamlar 38:38 hisobidagi durangni qayd etishdi. Ammo, reglamentga binoan so'nggi to'rtinchi raundda faol bo'lgan Tovmasyanga g'alaba berildi.
Eslatib o'tamiz, SHukurjon bir necha kun oldin ushbu turnir doirasida rossiyalik boshqa bir bokschini mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar