So’nggi yangiliklar

16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0 13:48Жавоҳир Синдаров: "Абдусатторов билан рақобат борми?" 0 13:27Кудерметова Istanbul Open турниридаги иштирокини бошлади 0 13:06Маҳмуд Мурадов Mangu Лигасида жанг қиладими? Спортчининг ўзи жавоб берди (ВИДЕО) 0 12:45"Унда улкан салоҳият бор". Агуэро Ҳусановни мақтади 0 12:24Ўзбекистон — хоккей бўйича Осиё кубогининг уч карра ғолиби! (+ФОТО) 0 12:03Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирида иштирок этадиган таркибимиз тасдиқланди 0

21 apr 09:02
Yangiliklar

Velosport

SHveycariyaga yo'l oladigan velosportchilar saralab olindi

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) sport departamenti direktori Frederik Magne yurtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Kecha Toshkent shahrida joylashgan velotrekda xorijiy mutaxassis velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari orasidan iqtidorli sportchilarni imtiyozli asosda SHveycariyaga malaka oshirishga olib borish maqsadida tanlov o'tkazdi.

Tanlov davomida xorijiy mutaxassis shuningdek kichik o'quv-yig'in mashg'uloti tashkil etib, murabbiylarga yangi metodik uslublar bo'yicha master-klass o'tdi. Iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash, mahoratini oshirish maqsadida sportchilar bilan alohida suhbat olib borildi.

Uch soat davom etgan mashg'ulot yakuniga ko'ra sportchilar orasidan SHveycariyaga yo'l oladigan nomzodlar tanlab olindi. Tashkil etilgan mashg'ulotdan barcha sportchi va murabbiylar mamnun ekanliklarini takidlashdi.

O'z navbatida, Frederik Magne O'zbekiston yoshlarida potencial yuqori ekanligi, faqat ularga ozgina etiborni kuchaytirib, sport va texnik anjomlarni yangilab, zamon talablariga mos jihozlardan foydalanishni tavsiya etdi. Bu jihat xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etishda muhim omil ekanligini takidlab o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing