13 sen 18:45
Yangiliklar

Simona Xalep Cport arbitraj sudiga shikoyat qiladi
Ruminiyalik tennis malikasi Antidoping agentligi tomonidan chiqarilgan qaror yuzasidan xalqaro Sport arbitraj sudiga shikoyat qiladi.
"Bugun tennis antidoping Tribunali mening ishim yuzasidan qaror qabul qilibdi. So'nggi bir yil hayotimdagi eng qiyin davr bo'ldi. Men qonun-qoidalarga jiddiy yondashaman va amal qilaman. Hech qachon atayin yoki bila turib taqiqlangan modda istemol qilmaganman. Bu ishimdan faxrlanaman. To'rt yillik diskvalifikaciya qaroridan noroziman. Bu bo'yicha hali shikoyat qilaman. Tribunal meni 126 betdan iborat hisobotida bir nechta punkt bo'yicha aybdor deb topdi. Men 20 yildan beri sportdaman. Bu mening shanimga yaxshi ish bo'lmadi. 2022 yilning 29 avgustiga qadar 200 ta qon va peshob tahlillarini topshirdim va ularning bari "toza" chiqdi", - dedi Xalep o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.
Fikrlar