23 iyu 10:10
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Sinxronchilarimiz jahon chempionatida o'z rekordlarini yangilashdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida suzish sport turlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
17-th FINA World Championship musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti. Ular orasida sinxron suzish bo'yicha terma jamoamiz qizlari jahon chempionatlari tarixidagi o'z rekordlarini yangilashdi.
Terma jamoamiz texnik duetda 23, texnik guruhda 15, erkin dasturda 17, kombinaciya bahslarida 14-o'rinni egallashdi. Alina Piontkovskaya, Oksana Bortnikova, Dinara Ibragimova shogirdlari uchun bu ijobiy natija sifatida qayd etildi.
Sinxronchilarimiz: Anastasiya Ro'zmetova, Yuliya Kim, Gulsanam Yo'ldosheva, Xurshida Hakimova, Nigora SHomaqsudova, Anastasiya Morozova, Anna Eltisheva, Xonzoda Toshxo'jaeva, Mohira To'lqinova, Nozima To'lqinova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar