27 sen 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Siril Gan: “Bu haqiqiy “jinnilik” bo'lardi”
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Siril Gan WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Tayson Fyuri va Frensis Ngannu o'rtasidagi bo'lajak jang favoritini aytdi.
“Men qog'ozda favorit deb, Fyurini aytgan bo'lardim. Biroq, Ngannu qanchalik kuchli ekanligini hamma biladi va ushbu jangda kutilmagan hodisalar bo'lishi ehtimoldan holi emas. Albatta, men Frensisdan syurpriz kutaman. Bu haqiqiy “jinnilik” bo'lardi. Duelda nazariy jihatdan Tayson g'olib bo'lishi kerak, lekin oldinda bizni kutilmagan voqealar kutib turibdi”, deydi franciyalik jangchi.
Malumot o'rnida, Fyuri va Ngannu o'rtasidagi jang 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Duel Ar-Riyodda bo'lib o'tadigan boks oqshomining “bezagi” bo'lishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar