14 iyu 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Siril Gan Jonsga qarshi jangdagi eng katta xatosini aytdi
Franciyalik jangchi, UFCning sobiq chempioni Siril Gan amerikalik Jon Jonsga qarshi bo'lgan jang haqida to'xtaldi.
"Jangning bir qancha vaziyatlarida masofani ushlay olmadim. O'shanda bu muammoni hal qilish kerak edi va buni o'zgartirish o'rniga yana xato qildim.
Jangga tayyorgarlik jarayonida Ferran Lopes menga jeblar bilan masofani ushlab turishni va yon tomondan zarba bermasligim kerakligini aytgandi. Jangda nima qildim? Yondan zarba berdim. Bu esa katta xato bo'ldi va bundan u foydalanib qoldi", - dedi Gan.
Franciyalik sportchi faoliyati davomida o'tkazgan 13 jangida 11 g'alabaga erishgan. U navbatdagi jangini Sergey Spivakka qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar