29 dek 15:38
Yangiliklar

Siril Gan Ngannung dunyodagi eng kuchli kikbokschi bilan mashq qilayotganiga munosabat bildirdi
Ngannu o'z mashg'ulotlar lageriga kikbokschi Riko Verxuvenni jalb qilgan.
"Bu yaxshi fikr. Eng zo'ri bo'lishing uchun eng kuchlilar bilan mashq qilishing kerak. Mendagi asosiy baza muay-tay va eng qizig'i bu mening eng kuchli jihatim. SHu sabab ham, ular hammasini to'g'ri qilishmoqda deya olaman, ammo men o'z uslubimni biroz o'zgartirganman. Men endi muay-taydaga harakat qilmayman, chunki MMA bu kikboksing yoki muay-tay emas. Ammo, qaytaraman, bu juda yaxshi fikr. Riko Verxuven ajoyib yigit, u menga yoqadi.
Albatta, har bir mashg'ulotlar lageriga raqibimizga uslub va jismoniy jihatdan o'xshaydigan sparring raqib qidiramiz. Mening lagerimda esa nokaut qilish kuchiga ega yosh bir yigit ishlamoqda. Uni bir ko'rishda qanchalik kuchli ekanligini bilish mumkin", - dedi Siril Gan.
Eslatib o'tamiz, Siril Gan va Fransis Ngannu o'rtasidagi jang 22 yanvar kuni UFC 270 doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar