23 jan 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Siril Gan: "Ngannuning shu tarzda UFC'dan ketishini istamayman"
Franciyalik UFC jangchisi Siril Gan Frensis Ngannudan qabul qilgan mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrini bildirdi.
"Ngannuning shu tarzda UFC'dan ketishini istamayman. Menga revansh kereak. Ikkinchi imkoniyatga ega bo'lishni istayman. Agar bizning revansh amalga oshsa, men bunga to'liq tayyorlanaman. Sizlarga eng yaxshi Sirilni namoyish etaman", - dedi Gan.
Eslatib o'tamiz, bugun o'tkazilgan UFC 270 turnirining markaziy jangida Siril amaldagi chempion Frensis Ngannuga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar