03 mar 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Siril Gan: "Raqib kim bo'lishidan qati nazar kamarga ega chiqaman"
Og'ir vazn toifasida UFC chempionligiga davogar Siril Gan Jon Jonsga qarshi jang haqida gapirdi.
"Bu Ngannu bilan bo'lgan jangdan butunlay boshqacha bo'ladi. Hissiyotlar o'xshash, faqat bu jangda bosim kamroq. Endi tajribaga egaman. Biz ajoyib yig'in o'tkazdik va jang qilishga tayyormiz. Biz katta uyda murabbiylar, mashg'ulot bo'yicha hamkorlar bilan yashaymiz. Raqib kim bo'lishidan qati nazar kamarga ega chiqaman. Bu men uchun juda muhim, sababi Jons barcha davrlarning eng buyuk jangchisi. Uning karerasi qanday ekanligini hamma biladi. Agar g'alaba qozonsam, bu mening kareram uchun juda yaxshi bo'lardi", - dedi Gan.
Jons va Gan o'rtasidagi chempionlik jang 5 mart kuni UFC 285 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar