07 jan 13:52
Yangiliklar

Siril Gan sparring jarayonida Fransis Ngannuni nokautga uchratgani malum bo'ldi
Malumot uchun, internetda sobiq sparring sheriklar Fransis Ngannu va Siril Gan o'rtasidagi sparring videolari tarqaldi. Unda Siril Gan Fransis Ngannuga umuman imkoniyat qoldirmaganini ko'rish mumkin. Ganning murabbiyi bu tasvirlar hali hammasi emasligi, Siril sparring oxirida Ngannuni nokautga uchratganini ham gapirdi.
"Birinchidan, bu videodan katta muammo yasash shart emas. Hozirgi Ngannu jangga qanday holatda chiqishini biz yaxshi bilamiz. Fransis bu videoni manipulyaciya deb atadi. Agar biz rostan ham videoni sekinlashtirganimizda, unda Ngannuning harakatlari bilan birgalikda Siril ham sekin harakat qilishi kerak bo'lardi. Amalda esa Siril Gan qanchalik tez harakat qilayotgani aniq ko'rinadi. Aslida, bu sparringda ikki jangchi ham yaxshi harakat qilgandi.
SHu sabab ham, biz Ngannuni obro'sizlantirishga urinmadik. Agar niyatimiz shunday bo'lganda, biz sparringning oxirgi qismini ko'rsatgan bo'lardik. O'shanda Ngannu kuchli zarba o'tkazib yuborib, o'tirib qolgandi va sparringni yakunlashga majbur bo'lgandi. Menda hamma videolar bor. Lekin, biz buni elon qilmaymiz. Agar siz mashg'ulotlarda kimnidir nokautga uchratsangiz, bu siz haqiqiy jangda ham o'sha jangchini mag'lub qilishingizni kafolatlamaydi. Qisqa qilib aytgandi, Siril tizzasi bilan Ngaunning tanasiga berilgan zarba oqibatida Fransis nokautga uchragandi. Agar Ngannu o'shanda men rostdan Siril Gandan kuchliroq edim desa, biz o'sha tasvirlarni internetga joylashimiz mumkin", -deydi Siril Ganning murabbiyi Fernand Lopes.
Fikrlar