02 sen 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Siril Gan - Tai Tuivasa jangi davogarni aniqlab beradi
Og'ir vazn toifasidagi Siril Gan va Tai Tuivasa jangi 3 sentyabr kuni Parij shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 209 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Bu haqda Las-Vegasda o'tgan matbuot anjumanida UFC prezidenti Dana Uayt xabar berdi. SHu bilan birga ushbu juftlik bahsi chempionlik kamari uchun rasmiy davogar maqomida ham bo'ladi.
"Ha, aynan shunday. Kim g'alaba qozonsa, o'zi uchun chempionlik jangini naqd qilib qo'yadi. Men bitta jang o'tmasidan turib, ikkinchisini belgilamayman. Qolaversa, chempion Ngannu hali jarohatidan forig' bo'lmadi. Ammo, har qanday holatda ham Gan - Tuivasa jangi davogarni aniqlab beradi", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Siril Gan va Tai Tuivasa mos ravishda UFC og'ir vaznlilar reytingida birinchi hamda uchinchi o'rinlarni egallab turibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar