21 jan 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Siril Gan va Frensis Ngannu matbuot anjumanida gap talashib ketishdi
Bugun UFC 270 kechasi oldidan avval matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Ha, men uni o'ng xay-kik zarbasi bilan nokaut qilganman. U buni eslay olmaydi, chunki o'sha paytda uxlagandi", - deya fikr bildirdi Ngannu matbuot anjumanida.
O'z navbatida davogar ham bu gaplarga tezda javob qaytardi va Ngannuni aldoqchilikda aybladi.
"Bu yolg'on, sen aldayapsan! Biz Frensis bilan bir nechta yaxshi sparring janglarini o'tkazganmiz. U shunday janglardan birida yaxshi xay-kik zarbasini yo'llagan. Biroq men o'shanda nokaut ham, nokdaun ham bo'lmaganman. Faqatgina ozgina silkitgan, xolos. Bor haqiqat shu!", - deya javob bergan Siril.
Eslatib o'tamiz, jangchilar uzoq vaqt davomida birgalikda mashg'ulot olib borishgan va har ikkisining murabbiyi bir inson bo'lgan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar