So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

17 apr 16:11
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sirojiddin oltin, ikki Nodir esa bronza medali uchun gilamga chiqadi

Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun 5 ta vazn toifasidagi bellashuvlar bilan erkin kurash musobaqasiga start berildi. Saralash bahslaridan so'ng uch nafar kurashchimizning kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqishi oydinlashdi. 

Quvonarlisi, 70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sirojiddin Hasanov finalda oltin medal uchun kurashadigan bo'ldi. U chorak finalda qirg'izistonlik Islambek Orozbekovni 4-3, yarim finalda esa turkmanistonlik Perman Hommadovni 8-4 hisobida engdi. Sirojiddinning finaldagi raqibi qozog'istonlik Sirbaz Talgat bo'ladi.

57 kg vazndagi kurashchimiz Nodirjon Safarov chorak finalda hindistonlik Kumar Raviga 2-9 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi Safarov bronza medali uchun falanstinlik Ali Aburumaylaga qarshi bahs olib boradi. 

Terma jamoamizning 65 kg vazn toifasidagi vakili Nodir Rahimov ham Osiyo chempionatining bronza medali uchun kurashadi. Nimchorak finalda SHri-Lanka kurashchisi CHamara Pereradan 10-0 hisobida ustun kelgan Rahimov chorak finalda yaponiyalik Takuto Otoguroga yutqazib qo'ydi - 0-13. Rahimovning bronza uchun bahsdagi raqibi eronlik Morteza Giasi CHeka bo'ladi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing