05 dek 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Sitora Turdibekova qiyin kechgan jangda CHin yurti vakilasiga yutqazib qo'ydi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Turdibekova chorak finalda xitoylik Kiange Liga qarshi ringga ko'tarildi. Birinchi raund kichik hisobda bokschimiz foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi raund tengkurash ostida kechdi. Hal qiluvchi uchinchi raundni hakamlar xitoylik bokschiga taqdim etishdi.
SHu tariqa, Sitora Turdibekova uchun Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar