13 iyu 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq chempion Joshua va Usik revanshi uchun taxminini aytdi
Britaniyalik sobiq chempion Toni Bellyu Entoni Joshua hamda Aleksandr Usik o'rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"U dunyodagi har qanday og'ir vaznli jangchini mag'lub etishga qodir. Buning uchun unda hamma narsa etarli. U shunchaki buni tushunib, ishonishi kerak. Uning tajribasi har qanday jangchini mag'lub etishga etadi. Bilaman, u haqiqatan ham g'alaba qozonishga ishonadi. Asosiysi, endi buni ringga ko'chirish kerak", - deya Bellyuning so'zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi.
Avvalroq, Joshuaning sobiq raqibi ham revansh jangida Usikning g'alaba qozonishini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar