12 noy 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq chempion: Lomachenko dahshatli va u har qanday raqibni taslim eta oladi
Boks bo'yicha yarimengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mares Abner ukrainalik Vasiliy Lomachenko haqida gapirdi.
"Ha, Lomachenko yutqazdi. Ammo u o'z uslubi evaziga haliyam har qanday raqibni taslim eta oladi. Vasiliy dahshatning o'zi. Biroq keling to'g'risini aytamiz - Vasiliy o'sha kuni hech narsa qila olmadi. Lopes top chiqish qildi. Lomachenko hujum qilgan vaqtda Lopes raqibini masofada ushlab tura oldi.
Lomachenko o'zining eng yaxshi jangini amalga oshira oladi. U kam zarba berdi. Muxlislar "keling, jangning ikkinchi qismini kutamiz, Lomachenko tashabbusni qo'lga oladi" deyishdi. Ammo u baribir yakunda o'zini ko'rsata olmadi", - dedi Abner.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar