23 iyu 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq chempion Usikka qarshi revansh jangi oldidan Joshuaga maslahat berdi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Timoti Bredli Aleksandr Usikka qarshi jang oldidin Entoni Joshuaga maslahat berdi.
"Biz allaqachon Joshuaning o'zgarishlar qilganini ko'rdik. U Ruiz bilan revansh jangida ko'proq harakat qilgandi. Uning asosiy muammosi psixologiyasida deb o'ylayman. U haqiqatan ham kuchli yigit va ajoyib bokschi Usikka bilan kurash olib boradi.
Joshua yaxshi tomonga o'zgarganligini bilish uchun birinchi jangni yana bir marta ko'rishim kerak. Usik tanaga hujum qilganida Joshua o'zini yaxshi ko'rsatdi. Agar raqib boshiga zarba o'tkazmasa, tananing ochiq joylariga hujum qilgan yaxshiroq. Joshua jang boshidan tanaga ko'proq zarba yo'llashi va tezkorlikni yo'qotmasligi kerak. SHunda jangni o'z foydasiga hal qila oladi", — dedi Bredli.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar