23 iyu 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq ikki yo'nalish chempioni Murat Gassiev kamar uchun jang o'tkazdi
Kecha oqshom Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi o'tkazildi.
"Dinamo" voleybol arenasi mezbonlik qilgan oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida rossiyalik sobiq jahon chempioni Murat Gassiev hamda germaniyalik Mixael Vallish o'rtasida kechdi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Gassiev to'rtinchi raundda raqibini nokautga uchratib, WBA Asia kamariga ega chiqdi.
Malumot uchun, birinchi og'ir vazn toifasida sobiq WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi bo'lgan Murat Gassiev oxirgi jangini 2020 yilning oktyabrida albaniyalik Nuri Seferiga qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgan edi. Gassiev hisobida endi 28 g'alaba bor. Bitta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar