31 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni Xayme Mungiya doping testidan o'ta olmadi
Super yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi bo'yicha sobiq jahon chempioni Xayme Mungiya Bruno Suras bilan revansh jangidan so'ng undan olingan tahlil natijalariga ko'ra, doping-testdan o'ta olmadi.
VADA malumotlariga ko'ra, Mungiya testlari ekzogen testosteron metabolitlarining yuqori darajasini aniqlagan. Xayme o'n kun ichida "B" namunasini ochish va sinovdan o'tkazishni talab qilish huquqiga ega. Agar u ham taqiqlangan moddalar uchun ijobiy natija bersa, bokschi diskvalifikaciyaga duchor bo'ladi va Surasga qarshi jang natijasi bekor qilinadi.
Mungiya va Suras o'rtasidagi revansh jangi shu yilning may oyida Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo'lib o'tgandi. To'liq davom etgan ushbu jangda Xayme ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar